Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari qattiq issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari qattiq issiq bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘yicha 16-18 iyun kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Kunduzi havo 38-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-43 darajagacha isiydi. Bunday qiymatlargacha issiq havo 2016 va 2021 yillarning iyun oylarida kuzatilgan.

Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda havo bulutsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan 38-40 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring