Dam olish kunlari sovuq chekinib, kunlar iliy boshlaydi — «O‘zgidromet»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
O‘zbekiston hududlarida uzoq vaqt saqlanib turgan qatlamli bulutlar zichligi buzilishi bugungi kundan boshlandi. Nihoyat quyosh chiqdi, kunduz kungi harorat ko‘tarila boshladi, ammo bugun kunduz kuni harorat hali ham manfiy bo‘ladi.
Kunning o‘rtasiga kelib, havo 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Dam olish kunlari antitsiklonning sovuq periferiyasi buzilishi davom etadi va yakshanba kuniga kelib, yuqori bosim maydoni O‘zbekiston hududidan butunlay chiqib ketadi.
Kechalari harorat ko‘tarilishi sekinroq bo‘ladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.
Yakshanba kuni kechalari sovuq 1-6 darajagacha bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni 7-10 daraja iliqqacha isitadi. Nihoyat harorat me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.
Shu kunlarda havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, asosan biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ba’zi joylariga asosan kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter