Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlarida nobarqaror va yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

Dam olish kunlarida nobarqaror va yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

9-may kuni O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo nobarqaror bo‘ladi. Ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 21-26 darajagacha pasayadi.

Mamlakat hududida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.

10-mayda yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring