Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilyapti? «O‘zgidromet» ma’lumoti

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilyapti? «O‘zgidromet» ma’lumoti

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» damolish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Navruz bayram kunida kun davomida respublikada yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-sharqiy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Mamlakatimizning barcha hududlarida kunduzgi havo harorati 18-23 darajani tashkil qiladi, bu me’yordan 2-3 darajaga yuqori. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Mamlakatimiz poytaxtida kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-14 daraja iliq, kunduzi 18-20 darajani tashkil qiladi.

Dam olish kunlarida nam havo oqimi respublikamiz hududidan chiqib ketadi. Ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi, bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring