Dam olishga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi.
Qonun (O‘RQ-1061-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.
Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi ko‘zda tutildi.
Bundan tashqari, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o‘simlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter