Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya Falastinni tan olish shartini aytdi

Daniya Falastinni tan olish shartini aytdi

Daniya, agar Falastin demokratik davlat bo‘lsa, uni tan oladi. Bu haqda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen 24 avgust kuni Kopengagen markazida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan so‘ng ma’lum qildi

G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishga chaqirgan 10 mingdan ortiq odam poytaxt ko‘chalariga chiqqan. 

"Biz Falastinni davlat sifatida tan olishga "yo‘q" demayapmiz. Biz buning tarafdorimiz... Lekin, albatta, bu demokratik davlat bo‘lishiga ishonch hosil qilishimiz kerak", - deya Frederiksen xonimning so‘zlarini keltiradi Reuters. 

Uchta G7 davlati - Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanada Falastin davlatini tan olish niyatini e’lon qildi. Bu sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida bo‘lishi kutilmoqda. 

Falastin davlatini 147 davlat, shu jumladan O‘zbekiston ham tan olgan. 2024-yilda Qo‘shma Shtatlar Falastinning BMTga to‘liq a’zoligiga veto qo‘ydi. 2024-yildan beri Falastinni o‘nta davlat, jumladan Irlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Armaniston tan olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring