Daniyada ayollar uchun harbiy xizmat majburiy bo‘lyapti

Daniya qurolli kuchlarini kuchaytirish maqsadida 2026-yildan boshlab ayollarni majburiy harbiy xizmatga safarbar qilmoqda.
Daniya mudofaa vaziri Troyels Lund Poulsen 25-mart kuni Kopengagenda bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakat ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni kutilganidan bir yil oldin boshlashni rejalashtirayotganini aytdi.
Hozirda mamlakatda ayollar armiyaga ixtiyoriy ravishda borishadi, erkaklar esa xizmat qilishlari shart, harbiy xizmatga chaqirish esa lotereya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, NATO davlatlaridan birinchi bo‘lib 2015-yilda Norvegiya, so‘ng esa 2017-yilda Shvetsiya ayollarni harbiy xizmatga jalb qilishni boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter