Daniyada pensiya yoshi 70 gacha oshiriladi

Daniya parlamenti pensiya yoshi bosqichma-bosqich 70 yoshgacha oshib borishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasini tasdiqladi, bu haqda The Copenhagen Post xabar berdi.
O‘zgarishlar bosqichma-bosqich joriy etiladi: daniyaliklar 2030-yildan 68 yoshda, 2035-yildan 69 yoshda, 2040-yildan 70 yoshda pensiyaga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Hozir mamlakatda pensiyaga chiqish yoshi — 67 yosh.
Yangi qonunni tasdiqlab 81 nafar deputat ovoz bergan, qarshilar — 21 nafar.
Daniyada uzoq umr ko‘ruvchilar soni tobora oshmoqda, shu sababli pensiya islohoti o‘zgarib borayotgan demografik vaziyatga moslashishda ko‘maklashishi aytilmoqda. Ammo hamma ham yangilikni quchoq ochib kutib olgani yo‘q, masalan, kasaba uyushmalari xavotirda: har kim ham bu yoshgacha samarali mehnat qobiliyatini saqlab qolishi dargumon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter