Daraksiz yo‘qolgan bolaning jasadi kanal yonidan topildi
Joriy yilning 21-sentyabr kuni soat 15:00 larda Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007-yilda tug‘ilgan T.D. uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Shundan so‘ng, uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan.
Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida. Bolaning kanaldan jasadi oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter