Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dars jadvalini yirtib, raqsga tushgan o‘qituvchilar jazolandi

Dars jadvalini yirtib, raqsga tushgan o‘qituvchilar jazolandi

Videodan skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqlarda «25-may kuni o‘qituvchilar dars jadvalini yirtib, raqsga tushmoqda» nomli murojaat tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur xabarga munosabat bildirgan.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25-may kuni Qamashi tumanidagi 7-sonli maktabida sodir bo‘lgan, o‘qituvchilar tomonidan esa dars jadvalini yirtib tashlaganligi aks etgan. 

Qamashi tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan videotasvirda ishtirok etgan maktab xodimlariga Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-qism 1-bandiga asosan «hayfsan» intizomiy jazosi berilgan.

Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari U. G. o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, e’tiborsizlik qilganligi sababli unga ham «hayfsan» berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxorodagi maktabda o‘quvchi 25 may kuni direktorga suv sepib yuborgani videosi ham tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring