Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zA binosini sotuvga qo‘ygan Davaktivga ogohlantirish berildi

O‘zA binosini sotuvga qo‘ygan Davaktivga ogohlantirish berildi

Madaniy meros agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga «Sharq» nashriyoti va O‘zA binolarini auksion savdolaridan olib tashlash yuzasidan ogohlantirish berdi.

Ma’lum qilinishicha, binolar («Sharq» nashriyoti matbaa korxonasi AJ binolari) Vazirlar Mahkamasining 2019 yil, 4 oktyabrdagi  846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatiga madaniy meros ob’yekti sifatida kiritilgan.

Ob’yekt 1979-1983-yillarda qurilgan jami 14 ta bino, 2 ta bino qismi hamda 5 ta inshootdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 60 736,0 m2 ni tashkil etadi.

«Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligi belgilangan.

Shularni inobatga olgan holda Madaniy meros agentligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ushbu madaniy meros ob’yektini auksion savdolaridan olib tashlash yuzasidan 21 sentyabr kuni ogohlantirish berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Sharq» nashriyoti va O‘zbekiston milliy axborot agentligi boshqa binoga ko‘chirilishi, ular joylashgan hudud esa sotilishi haqida e’lon berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring