Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘tkazgan hasharda 2,6 tonna paxta terildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati, agentlikning Toshkent viloyat hamda shahar boshqarmalari va Elektron onlayn savdolarni tashkil etish markazi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xodimlari paxta hashariga chiqdi.
«26 oktyabr kuni dam olish kuni bo‘lishiga qaramay shaxsiy tashabbus bilan poytaxt viloyatining Yuqori chirchiq tumani, Arg‘anchi hududi, Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inidagi «Madina Roza» fermer xo‘jaligining 14 gektar yer maydonida paxta terimiga chiqib, bir kunda 2,6 tonnalik xirmon to‘pladilar» deyiladi tashkilot xabarida.
Terim yakunida faol xodimlar, ilg‘or terimchilarga agentlikning esdalik sovg‘alari topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter