Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat boji bo‘yicha ayrim imtiyozlar berildi

Davlat boji bo‘yicha ayrim imtiyozlar berildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi.

Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga homiylik qilish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring