Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat idoralaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rsatuvchi portal vaqtincha ishlamaydi – ARGOS

Davlat idoralaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rsatuvchi portal vaqtincha ishlamaydi – ARGOS

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali e’lon qilingan tanlovlarning barcha jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga ko‘ra, bunga 2022-yil 21-dekabrdagi «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni hamda «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparat va hududiy bo‘linmalari tashkiliy tuzilmalari qaytadan ko‘rib chiqilayotganligi hamda shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi sabab bo‘lgan.

«Davlat organi va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari hamda shtat birliklari qayta tasdiqlangandan so‘ng vakant lavozimlarga tanlovlar o‘rnatilgan tartibda yanada takomillashtirilgan  vacancy.argos.uz portali orqali e’lon qilinadi va davom ettiriladi», – deyiladi Agentlik izohida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring