Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat idoralarining mas’ul shaxslari jazolandi

Davlat idoralarining mas’ul shaxslari jazolandi

Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan qator davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlariga nisbatan choralar ko‘rildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023 yil 3-choragidagi faoliyati mobaynida ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilish holati o‘rganilib, 23 ta davlat idorasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdorlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan edi.

Shunga ko‘ra, taqdimnomada ko‘rsatilgan har bir holat tegishli idoralarning sohaga mas’ul rahbar va xodimlari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan bir qator mas’ullarga quyidagi ta’sir choralar qo‘llanilishi ta’minlandi:

  • 9 nafar mas’ul xodim qat’iy ogohlantirildi;
  • 5 nafariga mehnat intizomini buzganligi uchun hayfsan e’lon qilindi;
  • 1 nafariga nisbatan mehnat intizomini buzganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida jarima qo‘llanildi;
  • 5 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda Agentlik tomonidan yana bir qator davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. Uning yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi, deyiladi Aksilkorrupsiya agentligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring