Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat korxonalari ham «obnal firma»lar bilan «soxta» bitimlar tuzgan

Davlat korxonalari ham «obnal firma»lar bilan «soxta» bitimlar tuzgan

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va biznes uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida faoliyatida soliqlarni to‘lashdan qochishning turli xil sxemalaridan foydalanganlik holatlari kuzatilgan «Shubhali» korxonalar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu ro‘yxatdan 396 ta korxona joy oldi.

Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘z faoliyati davomida qalbaki operatsiyalarni amalga oshirib, budjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirganlar. 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda budjetga to‘lamagan.

Bunday kontragentlar orasida 120 ta davlat korxonasi (47,3 mlrd. so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd. so‘m) korxona aniqlandi.

Ushbu korxonalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring