Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

– Jasur Shavkatovich Solihov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga;

- Gulnoza Saydig‘anixo‘jayevna Ismailova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. “El-yurt umidi” fondi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib, Davlat boshqaruvi akademiyasini Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring