Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi tegishli qaroriga asosan Fayzibayev Alimjan Elchiyevich Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
A.Fayzibayev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995-yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan boshlagan.
Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000-2013-yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.
U 2017-yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter