Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari 5 millioninchi foydalanuvchisini kutmoqda — sovg‘a bilan

Davlat xizmatlari 5 millioninchi foydalanuvchisini kutmoqda — sovg‘a bilan

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari markazlari orqali hozirgacha ko‘rsatilgan xizmatlar soni 4 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Bu o‘tgan 2017-yil mobaynida ko‘rsatilgan davlat xizmatlariga (120 000 ortiq) nisbatan 33 karra ko‘p.

Agentlik mamlakatimiz aholisi davlat xizmatlarini DXMlarda olishning afzalliklari va qulayliklarini his etganidan, vaqt va mablag‘lari tejalganidan o‘z mamnuniyatini bildirgan va shu munosabat bilan o‘ziga xos sovg‘a hozirladi, deyiladi bizga berilgan xabarda:

«Navbatdagi sovrinni o‘yinga qo‘yishga ahd qildik! Bu safar biz 5 millioninchi davlat xizmatlaridan foydalangan fuqaroni rag‘batlantirmoqchimiz!

Siz, ehtimol buning uchun pasport nusxasi,  STIR, yashash joyidan ma’lumotnoma, tibbiy 086 zarur deb o‘ylashingiz mumkin... YO‘Q! Davlat xizmatlari agentligi byurokratiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi!

Davlat xizmatlari agentligi maxsus sovg‘asi sovrindori kimligini bilishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring.

U Siz bo‘lishingiz ham mumkin!

Omad!!!»


Mavzu doirasida

Yuz minginchi foydalanuvchi mukofotlandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring