Elektron raqamli imzodan tortib bolani bog‘chaga joylashtirishgacha (infografika)

Davlat xizmatlari markazlari (ularning soni mamlakatimizda 201 ta) 2018-yilning 1-oktyabriga qadar xalqimizga jami 2 655 136 ta xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Apreldagi o‘sish
2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyi tahlil qilinsa, aprel oyidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni keskin oshganiga guvoh bo‘lamiz. Eng ko‘p xizmat ko‘rsatilgan oylar — aprel, may, sentyabr.
Qaysi xizmatlarga talab yuqori?
Jadvaldan guvoh bo‘lish mumkin, elektron raqamli imzo olish, bolani bog‘chaga joylashtirish, pensiya daftarchasini olish, jismoniy shaxslarga STIR berish va tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish «TOP-5»da.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter