Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kilo tilla bilan qo‘lga tushdi
Dehli xalqaro aeroportida bojxonachilar Dubay yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan ikki O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Ular oltin quymalari kontrabandasida gumon qilinmoqda.
Mahalliy bojxona organi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 6-may kuni Indira Gandi xalqaro aeroportiga yetib kelganlarida, avvalroq qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida, darhol qo‘lga olingan.
Ularning yuklari ko‘zdan kechirilganda, umumiy og‘irligi 5 kilogramm bo‘lgan beshta oltin quyma topilgan. Deklaratsiya qilinmagan yuk musodara qilinib, yo‘lovchilar hibsga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter