Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Departament valyutafurushlarni ushlamoqda: tafsilotlar

Departament valyutafurushlarni ushlamoqda: tafsilotlar

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar V.A. fuqaro Z.Z. jami 4 300 AQSh dollarini fuqaro A.Jga 54,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.      

Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.N. fuqaro G.D.dan jami 3 000 AQSh dollarini 37,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.      

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring