Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Foto: «Mundo Deportivo»

Futbol afsonasi Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Biroq buning bitta sharti bor: 59 yoshli argentinalik «Qizil furiya» jilovini qo‘lga olishi uchun avval Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentligiga Antonio Torres kelishi lozim.

Torres Maradona bilan muzokara olib borgani haqida «Marca» nashri yozdi. Mabodo Maradona Ispaniya milliy jamoasiga kelgan taqdirda, unga Qatarda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida finalga chiqish vazifasi yuklatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona Argentina terma jamoasi tarkibida 1986 yili jahon chempioni bo‘lgan. 2008—2010-yillarda Argentina terma jamoasiga murabbiylik qilib, jahon birinchiligi chorak finaliga qadar olib chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring