Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyego Maradona qozog‘istonlik oyoqsiz bolakay bilan futbol o‘ynadi (video)

Diyego Maradona qozog‘istonlik oyoqsiz bolakay bilan futbol o‘ynadi (video)

Argentinalik afsonaviy futbolchi, hozirda BAA ikkinchi divizioni vakili «Al Fujayra» klubini boshqarayotgan Diyego Maradona oyoqsiz bolakay bilan futbol o‘ynadi.

Qozog‘istonlik yosh futbol muxlisi Ali Amir ijtimoiy tarmoqlar orqali Maradona bilan uchrashmoqchi ekanini aytgan edi. Shundan so‘ng Diyego uni mashg‘ulotga taklif qildi.

Oyoqsiz bolakay mashg‘ulotda gol urish uchun qo‘llaridan foydalandi. Mashg‘ulotdan so‘ng Maradona unga sovg‘alar va imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi, Amir esa qozoq milliy liboslarini hadya qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring