Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat: bugundan magistraturaga qabul boshlandi

Diqqat: bugundan magistraturaga qabul boshlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 1 iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi. 

Davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring