Diyora Keldiyorova jahon chempionatida kumush medali sohibi bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatlarining finalida kurashdi.
BAAda o‘tayotgan dunyo birinchiligida hamyurtimiz -52 kg vazn toifasining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Keldiyorova chempionlik bahsida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashdi. Qiziqarli kurash Juffridaning g‘alabasi bilan yakunlandi va hamyurtimiz ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.
Ushbu natija Diyoraga jahon va Olimpiada reytingi uchun 1400 ochko taqdim qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter