Dohada arab va islom mamlakatlarining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi

Isroilning Qatar poytaxtiga bergan zarbasi munosabati bilan 14–15 sentyabr kunlari Dohada arab va islom mamlakatlarining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Qatar axborot agentligi – QNA xabar bermoqda.
«Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, yakshanba va dushanba kunlari Doxada Isroil hujumini muhokama qilish uchun arab va islom mamlakatlarining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi», – deyiladi Agentlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter