Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha sud jarayoni 1 oyga to‘xtatildi

«Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha sud jarayoni 1 oyga to‘xtatildi

«Dok-1 Maks» dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Toshkent shahar sudida birinchi instansiyada ko‘rilayotgan ushbu jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblanganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra, sud tomonidan 2023 yil 1 dekabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 416 (sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari) va 417 (jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) moddalari tartibida ajrim chiqarilib, jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni to‘ldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organiga yuborildi.

Shu tariqa jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida Samarqanddagi shifoxonalarda 18 nafar, keyinchalik esa respublika bo‘yicha 65 nafar bolaning o‘limiga sabab sifatida ko‘rilayotgan «Dok-1 Maks» siropi mojarosi bo‘yicha turli lavozimlarda ishlab kelgan 21 nafar shaxs mahkamaga tortilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring