Do‘kondagi sotuvchi firibgar bo‘lib chiqdi
Andijon viloyatida do‘kon sotuvchisi xaridorga bildirmasdan uning plastik kartasidan salkam 2,5 mln so‘mni yechib oldi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Viloyatning Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi S.J. (1997-y.t.) uning bank kartasidan noma’lum shaxs 2 451 000 so‘m pulni yechib olgani yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ichki ishlarga murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi S.A. (1991-y.t.) ekanligi aniqlangan.
Do‘kon sotuvchisi S.A. S.Jning bank kartasini o‘zining mobil qurilmasiga o‘tkazib, banka kartasi egasidan «Telefonimni quvvati tugab qolgan, sizning telefoningizdan foydalanib olay», deb SMS-xabarnomani qo‘lga kiritish orqali pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
S.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter