Dollar kursi yana «qimirlab» qoldi

Markaziy bank 6 iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollarining rasmiy kursi +17,39 so‘mga oshib, 11 012,06 so‘m bo‘ldi.
Yevro kursi ham ko‘tarildi (+82,46) va 11 834,66 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli -0,87 so‘mga tushib, 177,83 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, dollar kursi bir necha kun ketma-ket tushishdan keyin, kechadan boshlab yana ko‘tarila boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter