Dollar va yevroning ushbu haftadagi rasmiy kursi e’lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 14-mayidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi +9,27 so‘mga oshib, bir dollar narxi 8458,16 so‘mga yetdi.
Bu haftada yevro ham qimmatladi (+38,29) va 9501,05 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli (-0,07) so‘mga tushdi va 129,74 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter