Dollarning yangilangan kursi ma’lum qilindi

Markaziy bank 6 oktyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari kechagi kursga nisbatan +17,69 so‘mga oshdi va 11 028,14 so‘m bo‘ldi.
Yevro kursi +72,62 so‘mga qimmatlab, 10 950,94 so‘mni tashkil qildi.
Funt sterling 12 557,74 so‘m bo‘ldi (+45,46).
Faqat Rossiya rubli 1,12 so‘mga tushib, 185,42 so‘m bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas