Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘tgan yil may oyida Siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bag‘ishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur’ati meni g‘oyat xursand qilmoqda. Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afg‘onistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori bo‘lgan paytda Sizning Shimoliy yo‘lak masalasida qo‘llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navro‘z muborak!» degan Donald Tramp tabrikda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring