Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Do‘stlikda bir fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi, ikki kishi shifoxonada

Do‘stlikda bir fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi, ikki kishi shifoxonada

15-noyabr kuni soat 14:30 larda Do‘stlik tumani, G‘.G‘ulomov mahallasida yashovchi R.R., turmush o‘rtog‘i U.R. hamda farzandi Sh.R. lar yashash xonadoni oshxonasida o‘rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda Sh.R. lar shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Biroz avvalroq, Qashqadaryoda 8 kishi is gazidan zaharlangan, Nukusda 2 kishi vafot etgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring