Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dovondagi vaziyat: mingga yaqin kishi turli boshpanalarga joylashtirildi

Dovondagi vaziyat: mingga yaqin kishi turli boshpanalarga joylashtirildi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi vodiy dovonidagi vaziyat sabab mingga yaqin kishi Angren shahridagi muassasalarga joylashtirilganini ma’lum qildi

“Qamchiq” dovonida noqulay sharoitda qolgan yo‘lovchilar uchun FVV tomonidan isinish maskanlari tashkil etilgan. Meteorologlar xabariga ko‘ra, dovonda havo harorati -8 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi davom etmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar vazirining topshirig‘i bilan joyida vazirning birinchi o‘rinbosari jarayonni muvofiqlashtirib bormoqda.

Shuningdek, Angren shahrida joylashgan 19 ta oshxona, 4 ta mehmonxonalarga 790 nafar erkak, 130 nafar ayol va 38 nafar bolalar vaqtincha joylashtirildi.

7-mart kuni soat “18:00” dan A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida (228-253 km. oralig‘ida) qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring