Dronlar sababli Moskvadagi aeroportlar faoliyati to‘xtab qoldi

Dronlar hujumi sababli Moskvadagi Vnukovo, Domodedovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlari havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi.
Parvozlar xavfsizligini kafolatlash uchun shunday qarorga kelingan.
Bu voqealar fonida Moskva shahri meri Sergey Sobyanin bayonot berib, havo hujumiga qarshi vositalar Rossiya poytaxtiga uchayotgan yana ikkita dushman uchuvchisiz qurilmasini urib tushirganini ma’lum qildi. Uning posti soat 00:58 da e’lon qilingan. Bungacha Moskvaga 25 daqiqa ichida uchta uchuvchisiz qurilma hujum qilgan.
«Rosaviatsiya» hozirgina bergan bayonotga ko‘ra, Vnukovo, Domodedovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlari havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni tiklagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter