Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DSQ soliq to‘lovchilardan yechib olingan salkam 400 mlrd so‘mga izoh berdi

DSQ soliq to‘lovchilardan yechib olingan salkam 400 mlrd so‘mga izoh berdi

Foto: Xabar.uz

Soliq tizimidagi nosozliklar sabab soliq to‘lovchilardan salkam 400 mlrd so‘m yechib olindi

my3.soliq.uz tizimidagi texnik xatolik sababli yechib olingan mablag‘lar qaytarilmoqda. 

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik sababli 30,1 ming soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 milliard so‘m mablag‘ yechib olingan.

Soliq organlari mablag‘larni bugungi kun oxirigacha soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda, deyiladi qo‘mita xabarida.

Mablag‘larni qaytarish avtomatik tarzda amalga oshiriladi, soliq to‘lovchilardan yozma murojaat talab etilmaydi.

Shu bilan birga, tijorat banklarida hali ijro qilinmagan inkasso topshiriqlari ham qaytarib olinishi ta’minlandi.

Bugun soat 18:00 holatiga 20 608 ta sub’yektga 274,7 mlrd so‘m qaytarilishi ta’minlandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring