Dubay dunyodagi eng katta sun’iy orolni qurishni davom ettirishga kirishdi

Dubay dunyodagi eng katta sun’iy orolni qurishni davom ettirishga kirishdi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi barcha tabiiy orollardan ham katta Jabal Ali sun’iy orolini barpo etish 2002-yilda boshlangan. Biroq iqtisodiy inqiroz tufayli loyiha 2008-yilda 15 yil muddatga muzlatib qo‘yilgan edi.
Endi orolni barpo etishni juda qisqa vaqt ichida — 2027-yilda tugatish maqsad qilingan.

Dubayni 2040-yilgacha rivojlantirish bosh rejasiga ko‘ra, sun’iy orol 35 mingta oilaga mo‘ljallangan. Orol qirg‘oqlari uzunligi jami 110 kilometr, maydoni 13,4 kvadrat kilometr bo‘lib, Maldiv poytaxti Maledan ikki baravar katta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter