Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dubay ko‘zi». Dunyodagi eng katta tomosha charxpalagi ochildi (video)

«Dubay ko‘zi». Dunyodagi eng katta tomosha charxpalagi ochildi (video)

Dubay (BAA)da dunyodagi eng katta tomosha charxpalagi ochildi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Balandligi 250 metrli charxpalakka «Ain Dubai» («Dubay ko‘zi») nomi berilgan. Unda 48 ta kabina bor, ayrimlarida bar mavjud, ovqat buyurtma berish mumkin. Charxpalak bir paytning o‘zida 1750 kishiga xizmat ko‘rsata oladi.

Attraksionni qurganlar unda hatto anjumanlar va to‘ylar o‘tkazsa bo‘ladi, deyishmoqda. Charxpalakning bir aylanishiga 38 daqiqa ketadi. Kechayu kunduz ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring