Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dukkakli o‘simliklarning o‘ta foydali xususiyati topildi

Dukkakli o‘simliklarning o‘ta foydali xususiyati topildi

Yasmiq, no‘xat va boshqa dukkakli o‘simliklar uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Bu haqda diyetolog Megan Rossiga asoslanib, Daily Mail xabar bermoqda.

Mutaxassis dukkakli o‘simliklarning foydalari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan. Natijada u bunday mahsulotlarni har kuni iste’mol qilishni maslahat berdi, sababi ular umrini uzaytiradi.

Shifokorning tushuntirishicha, ular ichakdagi foydali bakteriyalarning ko‘payishini rag‘batlantiradigan prebiotik tolalarni o‘z ichiga oladi.

Dukkaklilar meteorizmga olib kelishi mumkin, lekin muntazam iste’mol qilinsa, alomatlar kamroq bo‘lishini aytadi.

Bu tananing ularni hazm qilishga «odatlanib qolganligi» bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring