Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo shaharlari reytingida Toshkentning o‘rni ma’lum bo‘ldi

Dunyo shaharlari reytingida Toshkentning o‘rni ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Oxford Economics Global Cities Index 2025 shaharlarning yangilangan global reytingida O‘zbekiston poytaxti Toshkent 1000 shahar ichida 471-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Toshkent Markaziy Osiyoning ikki shahri Olmaota va Ostonadan ortda qolgan. 

Oxford Economics xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingiga ko‘ra, Qozog‘istonning eng yirik megapolisi Olmaota 1000 ta eng rivojlangan va istiqbolli shaharlar global ro‘yxatida 258-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo shaharlari orasida yetakchi bo‘ldi.

Shahar inson kapitali toifasida ayniqsa yuqori reytingga sazovor bo‘lib, u 64-o‘rinni egalladi, bu uning mintaqaning intellektual markazi maqomini ta’kidlab, ta’lim va ilm-fanning yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi.

Reytingda Olmaotadan keyin Markaziy Osiyo shaharlari orasida Ostona (276-o‘rin) joylashgan bo‘lib, u iqtisodiyot va inson kapitali bo‘yicha kuchli, ammo atrof-muhit va boshqaruv sifati bo‘yicha unchalik yuqori emas.

Toshkent dunyoda 471-o‘rin, mintaqada uchinchi, Bishkek 498, Chimkent 534, Ashxobod 623-o‘rinni egalladi.

Tojikiston poytaxti Dushanbe mintaqaning boshqa shaharlaridan keyin 683-o‘rinda, biroq infratuzilmani modernizatsiya qilish, shahar boshqaruvi sifatini oshirish va inson kapitalini mustahkamlash orqali o‘z mavqeini yaxshilash salohiyatini saqlab qolgan.

Nyu-York iqtisodiy qudrati va moliyaviy markaz sifatidagi maqomi tufayli yana jahon reytingida yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda London va Parij bormoqda.

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, AQShning San-Xose, Sietl, Boston va San-Fransisko shaharlari hamda Melburn, Sidney, Tokio kabi shaharlar kiradi.

Reyting shaharlarni beshta asosiy toifa bo‘yicha baholaydi: iqtisodiyot, hayot sifati, ekologiya, menejment va inson kapitali – megapolislarning barqaror rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring