Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng baland ko‘prik qurildi

Dunyodagi eng baland ko‘prik qurildi

Foto: Getty Images

Xitoyning Guychjou muzofotida dunyodagi eng baland ko‘prik tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Xuatszyan darasini kesib o‘tuvchi ko‘prik yo‘lga ketadigan vaqtni 2 soatdan 2 daqiqagacha qisqartiradi. Uch yilu to‘qqiz oyda qurib bitkazilgan ko‘prikka 2 mlrd yuan (taxminan $280 mln) sarflandi.

Yangi ko‘prikning poydevoridan to Beypanszyan daryosi ustidan o‘tgan qismigacha — 625 metr yoki San-Fransiskodagi mashhur «Oltin darvoza» ko‘prigidan deyarli to‘qqiz baravar baland. Asosiy qismi — 1420 metr, qo‘shimcha qismi bilan qo‘shilib jami 2890 metrni tashkil etuvchi ushbu inshoot tog‘li hududda po‘lat fermalardan qurilgan dunyodagi eng katta osma ko‘prikka aylandi.

Ko‘priksozligi bilan tanilgan Guychjouda bungacha ham dunyodagi eng baland ikki ko‘prik bunyod etilgandi. Muzofotda jami hisoblaganda 30 mingdan ortiq ko‘prik bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring