Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng boy odam umrining oxirigacha qancha soliq to‘lashini aytdi

Dunyodagi eng boy odam umrining oxirigacha qancha soliq to‘lashini aytdi

Foto: Global Look Press

Amerikalik tadbirkor, SpaceX asoschisi hamda Tesla rahbari Ilon Mask umri davomida qancha soliq to‘lashi mumkinligi haqida X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Milliarderning taxminiga ko‘ra, u umrining oxiriga qadar 500 milliard dollar soliq to‘laydi.

Ma’lumot uchun: Ilon Mask shu yilning 2-fevral kuni o‘ziga qarashli SpaceX aerokosmik kompaniyasi va sun’iy intellekt sohasidagi xAI startapini birlashtirib, jahondagi eng boy kishiga aylangandi (852 mlrd dollar).

Yanvar oyida Ilon Mask uning to‘lagan soliqlarini «ko‘tarolmagan» AQSh soliq xizmati kompyuter tizimi ishdan chiqqanini ma’lum qilgandi. Soliqchilar uning ma’lumotlarini ishlash uchun dasturiy ta’minotni yangilashga majbur bo‘lishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring