Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng keksa gorilla 68 yoshga to‘ldi

Dunyodagi eng keksa gorilla 68 yoshga to‘ldi

Foto: Guinness World Records

Berlin hayvonot bog‘ida yashovchi dunyodagi keksa gorilla 68 yoshga to‘ldi, deyiladi Ginnessning rekordlar kitobi bergan xabarda. Fatu laqabli ushbu urg‘ochi maymunning tug‘ilgan kuni rasman — 1957-yilning 13-apreli.

Ta’kidlash kerakki, Fatu mansub bo‘lgan Afrika g‘arbiy tekislik gorillalari odatda 40 yildan 50 yilgacha umr ko‘radi.

Foto: Guinness World Records

Keksa maymunning tishlari to‘kilib ketgani bois, qarovchilar unga beriladigan yemaklar yumshoq bo‘lishiga e’tibor berishadi.

Berlin hayvonot bog‘i bosh direktori doktor Andreas Kniriyemning aytishicha, Fatu o‘zining xotirjam va munosib hayot tarzi bilan barchaning qalbidan joy olgan.

Foto: Guinness World Records

Fatuni G‘arbiy Afrikadan 1959-yilda fransuz dengizchisi olib kelgan, so‘ngra Marsel karvonsaroyidagi qarzini uzish uchun naqda pulga ayirboshlagan. Hayvonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi fransiyalik ayol keyinroq uni Berlin hayvonot bog‘iga sotgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring