Dunyodagi eng yosh bosh vazir futbolchiga turmushga chiqdi
![Dunyodagi eng yosh bosh vazir futbolchiga turmushga chiqdi](http://static.xabar.uz/crop/1/9/720_460_95_1999931632.jpg)
Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin kelin ko‘ylagini kiydi, deya xabar berdi mamlakat hukumati sayti.
Siyosatchi futbolchi Markus Raykkonen bilan turmush qurdi. Ular 16 yildan beri bir-birini taniydi. Kelin-kuyovning ikki yarim yashar qizi bor. Hukumat rahbari qarorgohida bo‘lib o‘tgan to‘yga ikki yoshning qarindoshlari va do‘stlari taklif etildi.
Marin o‘tgan yil dekabrdan beri bosh vazir lavozimini egallab kelmoqda. U mamlakatda bu lavozimni egallagan uchinchi ayolga aylandi. Shuningdek, u nafaqat Finlyandiya, balki butun dunyo bo‘yicha eng yosh bosh vazir ham hisoblanadi. Uning mahkamasidagi 19 ta vazirdan 12 nafari — ayollar. Shuningdek, mamlakatdagi beshta katta partiyadan to‘rttasiga ayollar rahbarlik qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter