Dunyoni velosipedda aylanishga chiqqan yaponiyalik o‘qituvchi Peruda halok bo‘ldi
![Dunyoni velosipedda aylanishga chiqqan yaponiyalik o‘qituvchi Peruda halok bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/9/6/720_460_95_966347360.jpg)
Dunyoni velosipedda aylanishga chiqqan yaponiyalik Peruda halok bo‘ldi. Bu haqda Yaponiyaning «NHK» telekanaliga asoslanib, «Korrespondent» xabar berdi.
Sayohatchini Peruning Guadalupito shahrida yuk mashinasi urib ketgan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/12/720__So7bDn6_rxMxgbvgLRjjaZQG4eNsgr9e.jpg)
Fumixiko Sato. Foto: «Instagram»
![](https://static.xabar.uz/uploads/12/720__wHAxTzxrFLTPzQo91Q4RtnoE5QwiWJTc.jpg)
Fumixiko Sato. Foto: «Instagram»
Yapon sayyohi 31 yoshli Fumixiko Sato 31-iyul kuni Peruga yetib kelgan edi, 4-avgust kuni u uchun fojiali tugadi.
Yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan hibsga olingan bo‘lib, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Sato — boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bo‘lgan. U o‘tgan yili ishini tashlab, velosipedda dunyo kezishga chiqqandi. Qolaversa, u bolalar uchun blog yuritayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter