Dunyoning eng boy odami bir kunda 11 milliard dollar yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat odami Bernard Arno LVMH aksiyalarining pasayishi tufayli bir kunda 11,2 milliard dollar yo‘qotdi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 23 may kuni Parijning Euronext birjasidagi savdolar chog‘ida LVMH aksiyalari 5 foizga arzonlagan.
LVMH aksiyalari narxi pasayishi bilan dunyoning eng boy odami Bernard Arnoning boyligi ham kamaydi, ammo u reytingda birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Uning ayni vaqtdagi boyligi 191,6 milliard dollarga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter