Dunyoning eng kuchli pahlavoni aniqlandi (video)
Ukrainalik strongmen Aleksey Novikov Floridada bo‘lib o‘tgan «The World’s Strongest Man 2020» musobaqasida g‘alaba qozonib, sayyoramizdagi eng kuchli odam degan nomga sazovor bo‘ldi. Bu haqda musobaqaning «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Kiyevda istiqomat qiluvchi 24 yoshli pahlavon mazkur unvonni qo‘lga kiritgan eng yosh atletga aylandi. U «fermercha» yurishda 56 metrga 160 kg natija bilan musobaqada g‘olib bo‘ldi.
Aleksey, shuningdek, o‘ziga xos og‘irlik ko‘tarish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi — 537,5 kg.
Britaniyalik Adam Bishop ikkinchi pog‘onani zabt etgan bo‘lsa, faxrli uchinchi o‘rin kanadalik Jan Fransua Karonga nasib qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter