Dunyoning eng qimmat futbol klubi aniqlandi. «Real» yoki «Barselona» emas
![Dunyoning eng qimmat futbol klubi aniqlandi. «Real» yoki «Barselona» emas](http://static.xabar.uz/crop/3/2/720_460_95_3221166912.jpg)
Sportico jurnali dunyoning eng qimmat 50 futbol klubidan iborat an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi. Garchi yashil maydonlarda anchadan buyon porlamay qo‘ygan bo‘lsa-da, jahondagi eng qimmat futbol jamoasi maqomini «Manchester Yunayted» saqlab qoldi.
«Qizil iblislar» $6,2 mlrdga baholandi (o‘tgan yili $5,95 mlrd edi). O‘tgan yili britan milliarderi Jim Retkliff «MYu» aksiyalarining 28 foizini $1,6 milliardga sotib olgandi.
Dunyoning eng qimmat futbol jamoalari (top-10):
- «Manchester Yunayted» (Angliya) — $6,2 mlrd;
- «Real» (Ispaniya) — $6,06 mlrd;
- «Barselona» (Ispaniya) — $5,28 mlrd;
- «Liverpul» (Angliya) — $5,11 mlrd;
- «Bavariya» (Germaniya) — $4,8 mlrd;
- «Manchester Siti» (Angliya) — $4,75 mlrd;
- «Pari Sen-Jermen» (Fransiya) — $4,05 mlrd;
- «Arsenal» (Angliya) — $3,91 mlrd;
- «Tottenhem» (Angliya) — $3,49 mlrd;
- «Chelsi» (Angliya) — $3,47 mlrd.
Eng qimmat o‘nlikdagilarning barchasi — Yevropa jamoalari, biroq top-50 da hammadan ko‘p Shimoliy Amerikaning Bosh futbol ligasi (MLS) klublari — 20 ta. MLS dagi eng qimmat jamoa — «Los-Anjeles» ($1,15 mlrd, 15-o‘rin), reytingdagi 20 ta MLS jamoasining umumiy qiymati — $15,1 mlrd.
Top-50 da Angliya premer-ligasidan 9 jamoa bor, jami qiymati — $29 mlrd.
Reytingda Italiyadan — 6, Germaniyadan — 4, Ispaniyadan — 3, Meksikadan — 3, Fransiyadan — 2, Niderlandiya, Portugaliya va Braziliyadan bittadan jamoa bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter