Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning nufuzli 100 insoni ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning nufuzli 100 insoni ro‘yxati e’lon qilindi

Time jurnali 2025-yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Jurnal muqovasida aktrisa Demi Mur, reper Snop Dogg, tennischi Serena Uilyams, qo‘shiqchi Ed Shmran va sun’iy intellekt Deep Mind asoschisi Demis Xassabis joy olgan.

Ro‘yxatga AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatining olti nafar a’zosi (J.D.Vens, Ilon Mask, kichik Robert Kennedi, Xovard Lutnik va Rassel Vout) kiritilgan.

Liderlar toifasiga Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer, bo‘lajak Germaniya kansleri Fridrix Mers, Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa, Argentinadan Xaver Mayli va Meksika rahbari Klaudiya Sheynbaum kiradi.

"Titanlar" orasida Meta asoschisi Mark Sukerberg, Prada moda uyi aksiyadori Miuccia Prada va gimnastikachi Simone Biles bor. Kashfiyotlar qatoriga qo‘shiqchi Roze, huquqshunos Kordeliya Baer va DeepSeek bosh direktori Liang Venfeng kiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring